Keza "Liverpul"ni tark etadi(mi)?
"Liverpul" vingeri Federiko Keza jamoadan ketishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, "qizillar"ga italiyalik futbolchini ijaraga olish bo‘yicha A Seriya va APL klublaridan taklif kelib tushgan. Fabritsio Romano ma’lum qilishicha, futbolchining o‘zi "Liverpul"da qolishni rejalashtirmoqda. Biroq 28 yoshli futbolchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni va ideal sport formasiga qaytishni istayapti. Agar mersisaydliklar "Bornmut" futbolchisi Antuan Semenoni sotib olsa, Kezaning fikri o‘zgarishi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, italiyalik vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda umumiy 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar