
Dastin Pore ajoyib syurpriz tayyorlamoqda!
Engil vazn toifasidagi (70 kg) UFC jangchisi Dastin Pore Mayamidagi "UFC 314" turnirida jang qiladimi yoki yo‘q, degan savolga aniq javob berdi.
“Men Mayamida jang qilmayman, bu soxta xabar. Biroq ishoning, menda siz uchun ajoyib syurpriz bor. Buni tez orada bilib olasiz” — deb yozdi amerikalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni "UFC 302" da bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Pore amaldagi chempion Islom Maxachevdan 5-raundda sabmishn evaziga engilgan edi.
Fikrlar