«Chelsi» va «Siti» Evroda ham kurash olib boradi! «Spartak» bu borada «Real» va PSJdan ustun! Evropa chempionati haqida qiziqarli ma’lumotlar

  • 9 iyun, 2021, 16:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz Evropa birinchiligida ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurgan futbolchilarning qaysi klub vakili ekanligini bilan qiziqdi. Bu borada APL sayyoramizning eng kuchli chempionati ekanligini yana bir bor isbotlab qo‘ydi. Xo‘sh, kuchli o‘nlikda yana qaysi mamlakat klubida to‘p suruvchi futbolchilarni ko‘rishimiz mumkin?

Tecno

fklweokfwoekfwe

10-o‘rin. Gollandiya Eredeviziyasi - 17 futbolchi (212,8 million evro)

9-o‘rin. Turkiya Superligasi - 18 futbolchi (106,3 million evro)

8-o‘rin. Ukraina Premer ligasi - 19 futbolchi (120 million evro)

7-o‘rin. Angliya chempionship - 29 futbolchi (107 million evro)

6-o‘rin. Frantsiya Liga 1 - 29 futbolchi (722 million evro)

5-o‘rin. Rossiya Premer ligasi - 32 futbolchi (255 million evro)

4-o‘rin. Ispaniya La Ligasi - 40 futbolchi (1,3 milliard evro)

3-o‘rin. Italiya A Seriyasi - 71 futbolchi (1,73 milliard evro)

2-o‘rin. Germaniya Bundesligasi 89 futbolchi (1,92 milliard evro)

1-o‘rin. Angliya Premer ligasi - 120 futbolchi (3,51 milliard evro)

- RPL kutilganidanda ko‘proq vakili bilan Evroda ishtirok etadi. Ushbu chempionatda to‘p suruvchi 32 futbolchi o‘z kuchini terma jamoalar orasida nufuzi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi musobaqada sinab ko‘rishi mumkin. Ro‘yxatdagilarning 22 tasi Rossiya terma jamoasi a’zosi sanaladi.

- Angliya allaqachon chempionati saviyasini yangi darajaga olib chiqib bo‘ldi. Hatto, chempionship kuchli 10 likda mavjud. Agar APLni qo‘shib hisoblasak, turnir uchun ro‘yxatdan o‘tgan 622 charm to‘p ustasining 152 nafari «tumanli albion»da harakat qiladi. Bu barcha futbolchilarning 24,5 foizi degani.

- Amaldagi chempion Portugaliya turnirga bor yo‘g‘i 8 futbolchini jo‘natgan. Bu Kipr, Slovakiya va Daniya bilan bir xil natija.

- Ispaniya futbolida inqiroz boshlangandek. Yaqindagina dunyo futboli etakchisi bo‘lgan chempionatdan musobaqaga APLdan ikki barobar kamroq futbolchi tashrif buyurmoqda. Angliya bilan o‘rtadagi farq tobora kattalashib bormoqda.

- Evropa chempionatida naqd 42 ta chempionatdan kelgan futbolchilar kuch sinashadi. Bunaqasi avval bo‘lmagan.

Qaysi klublar bu borada mutlaq etakchi?

kwefowekfwoekg

- Yaqinlashib kelayotgan musobaqada 210 klubdan vakillar ishtirok etadi

- 87 klub (41,5 foiz) o‘zining bittadan futbolchisini «ko‘hna qit’a» birinchiligiga yubordi. Jamoalar orasida eng mashhurlari «Atletik» Bilbao (Unai Simon), «Betis» (Uilyam Karvalo), «Vissel Kobe» (Tomas Vermalen), «Geteborg» (Marek Gamshik).

- 43 klub (20,5 foiz) ikkitadan vakilini turnirga qo‘yib yuborgani bilan maqtanishi mumkin. Jamoalar orasida «Rubin», «Dinamo», «Portu», «Latsio», «Vilyarreal» singari taniqli klublar mavjud.

- 23 klub (11 foiz) 3 tadan futbolchisini Evropa yashil maydonlariga qo‘yib yubordi. TsSKA, «Beshiktash», «Benfika», «Marsel», «Sevilya», «Roma», «Monako» va boshqalar uchun turnirdagi a’zolarining ishtiroki juda muhim.

- 17 klub (8 foiz) 4 tadan a’zosining ishtirokini muntazam kuzatib boradi. «Arsenal», «Everton», «Lion» so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Aslida, «Milan» 5 futbolchisini qo‘yib yuborgan edi, ammo Zlatan Ibrahimovichning jarohati rejalarni o‘zgarib ketishiga olib keldi.

- 40 klub 5 va undan ortiq ishtirokchi bilan Evropa chempionatini ta’minlab berdi. Umumiy hisobda 311 futbolchi degani! Bu musobaqada ishtirok etadigan futbolchilarning 50 foiziga teng.
PSJ: Kimpebe, Mbappe, Veratti, Florensi, Sarabiya va Daniloni terma jamoa qo‘yib yubordi.

- Real: Benzema, Varan, Kurtua, Azar, Kroos va Modrichni terma jamoa tasarrufiga qo‘yib yubordi. E’tiborlisi shundaki, ilk bor «Real» Madrid jamoasi a’zolaridan birortasi Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv olgani yo‘q. Bunaqasi «qizil furiya» tarixida avval kuzatilmagan.

- «Atalanta» a’zolaridan 8 nafari 8 xil terma jamoa sharafini himoya qilish maqsadida Evropa birinchiligiga ravona bo‘ldi.

- 9 futbolchini «Evro 2020»ga jo‘natib yuborgan 3 klub mavjud. Ular «Liverpul», «RB Leyptsig» va «Inter».

- 10 futbolchini «Evro 2020»ga jo‘natib yuborgan 2 klub mavjud. Ular «Borussiya Dortmund» va «Borussiya M»

- 11 futbolchini «Evro 2020»ga jo‘natib yuborgan 2 klub mavjud. Ular «Manchester Yunayted» va «Dinamo Kiev»

- «Dinamo» Kiev klubi sharafini himoya qilayotgan naqd 10 nafar futbolchi Ukraina terma jamoasidan chaqiruv oldi. Bu bir klub va terma sharafini himoya qilayotgan eng katta kollektiv degani. Kievliklar bu borada mutlaq etakchi.

- 12 futbolchi bir klubdan Evropaning turli terma jamoalari safida turnirda ishtirok etadi. Turinning «Yuventus» klubi a’zolari haqida gap ketayotganini darrov anglagan bo‘lsangiz kerak.

Eng ko‘p ishtirokchilar taqdim etgan klublar qaysi?

3-o‘rin. «Bavariya» - 14 futbolchi

kfwoekfowekfwe

Manuel Noyer, Tomas Myuller, Joshua Kimmix, Niklas Zyule, Jamal Musiala, Leon Goretska, Serj Gnabri, Leroy Sane (Germaniya), Korentin Tolisso, Lyuka Ernandes, Benjamin Pavar, Kingsli Koman (Frantsiya), David Alaba (Avstriya), Robert Levandovski (Polsha).

2-o‘rin. «Manchester Siti» - 16 futbolchi

djasijdaijsf

Jon Stounz, Kayl Uoker, Raxim Sterling, Fil Foden (Angliya), Rodri, Emerik Lyaport, Ferran Torres, Erik Garsiya (Ispaniya), Ruben Diash, Joau Kanselu, Bernardu Silva (Portugaliya), Kevin De Bryuyne (Belgiya), Natan Ake (Niderlandiya), Aleksandr Zinchenko (Ukraina), Ilkay Gyundogan (Germaniya), Mett Smit (Uels).

1-o‘rin. «Chelsi» - 17 futbolchi

dasjijdaisjda

Meyson Maunt, Ris Djeyms, Ben Chiluell (Angliya), Kay Xaverts, Timo Verner, Antonio Ryudiger (Germaniya), Ngolo Kante, Olive Jiru, Kurt Zuma (Frantsiya), Jorjino, Emerson (Italiya), Mateo Kovachich (Xorvatiya), Andreas Kristensen (Daniya), Sezar Aspilikueta (Ispaniya), Mishi Batshuayi (Belgiya), Billi Gilmor (Shotlandiya), Itan Ampadu (Uels).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!