“Chelsi” bitta nuqtaga uchta zo‘r futbolchi topib qo‘ydi

  • 22 avgust, 09:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi oldidan “Chelsi” jiddiy zarbaga uchradi. Jamoa himoyasining etakchisi Levi Kolvill mashg‘ulotda jarohat  olib, uzoq muddatga safdan chiqdi.

Tecno

Ayni paytda bosh murabbiy Entso Mareska Kolvill o‘rnini bosa oladigan uch nafar markaziy himoyachi topib qo‘ydi. Endi klub mutasaddilari ulardan birini olishga harakat qiladi.

Mark Gexi (“Kristal Pelas”)

“Kristal Pelas”ning Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritishiga katta qo‘shgan jamoa sardori kelasi yil erkin agentga aylanadi. Uni “Liverpul” ham kutyapti. Agar bu transfer o‘xshamasa, 2007-2021 yillar davomida “Chelsi” tizimida yurgan himoyachi yana ortga qaytishi mumkin.

Antoniu Silva (“Benfika”)

O‘tgan mavsumda Silva o‘zini Evropaning eng iste’dodli himoyachilaridan biri sifatida namoyon qildi. Ikki yildan beri barqaror o‘ynab kelayotgan 21 yoshli futbolchining xaridorlari qatoriga “Chelsi” ham qo‘shildi.

Pero Inkape (“Bayer”)

Inkape o‘yin uslubi jihatidan Kolvillga juda o‘xshaydi. Shu bois ham, ekspertlar chapaqay markaziy himoyachini “Chelsi”ga juda mos tushishini ta’kidlamoqda. 23 yoshli ekvadorlik futbolchi himoya markazidan tashqari har ikki qanotda ham yaxshi o‘ynay oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!