
Bartomeu “Barselona” taxtini qachon topshiradi?
“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeuga ishonchsizlik votumi noyabr oyining dastlabki kunlarida kuchga kiradi.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati Barselona hukumatini ovoz berish jarayonini tashkil etish kerakligi haqida ogohlantirgan. Odamlarning bu jarayonda ishtirok etishiga qulaylik yaratish maqsadida klub rahbariyati ovoz berishni bittadan dam olish (1 noyabr) va ish kuni (2 noyabr) tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Bartomeuning prezidentlik muddati kelasi yilning 15 martigacha davom etadi. Lekin muxlislar unga ishonchsizlik votumini e’lon qilish uchun etarli miqdorda imzo to‘pladi. Qoidaga ko‘ra, endi Bartomeuning qolish yoki ketishi bo‘yicha ovoz berish jarayonida masala to‘liq hal etiladi.
Fikrlar