Zangiotada “Sport yarmarkasi” o‘tkazildi

CHERY AUTO
Toshkent viloyati Zangiota tumani Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda bolalar-o‘smirlar sport maktabi tomonidan tumanda joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabida “Sport yarmarkasi” o‘tkazildi.
 
Unda tuman hududlaridagi sport to‘garaklarida shug‘ullanayotgan yosh sportchilar, murabbiy va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
 
“Sport yarmarkasi”da bolalar-o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari o‘zlarining sportdagi yutuqlarini tengdosh do‘stlari va tadbirga kelgan mehmonlarga namoyish qildi. Shuningdek, yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari yarmarka ishtirokchilari qalbiga jo‘shqinlik baxsh etdi.
 
– Mazkur yarmarkadda tumandagi uchta umumta’lim maktabining 400 nafardan ortiq o‘quvchisi ishtirok etdi.Ularning deyarli barchasi o‘zlariga qiziq bo‘lgan sport turlariga qatnashish bo‘yicha sport maktabi murabbiylariga murojaat qilishdi, – deydi Toshkent viloyati, Zangiota tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Komil Odilov.
 
photo5440474725437516279.jpg
 
photo5440474725437516281.jpg
 
photo5440474725437516289.jpg
 
photo5440474725437516290.jpg
 
photo5440744565347822027.jpg
 
photo5440744565347822028.jpg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!