Mansur (Mangust) To‘g‘izboev: Men hatto bolalarga ham MMA sirlarini o‘rgataman!

CHERY AUTO

So‘nggi yillarda mamlkatimizda yoshlar o‘rtasida aralash jang san’atlari – MMA jadal ommalashib ular orasidan ko‘plab chempionalar etishib chiqmoqda.

Tecno

Ana shundan mamlakatimiz sharafini yuksaltirayotgan yoshlarni kamol topishiga o‘z hissasini qo‘shgan MMA jangchisi va MMA bo‘yicha mamlakatimizning eng zo‘r murabbiyi Mansur (Mangust) To‘g‘izboevdir.

Sports.uz internet portali muxbiri Mansur (Mangust) To‘g‘izboev bilan MMAda sportchi va murabbiy sifatida qanday faoliyati olib borayotgan haqida suxbatlashdik.

– Assalomu alaykum Mansur aka! Bilamiz siz ham MMA musobaqalarida bir necha bor mamlakatimiz sharafini himoya qilgansiz. Aytingchi bu sport turiga qanday kirib qolgansiz?

– 2010 yili katta sportdan ketish fikri tug‘ildi. Bir muddat biznes qildim. Sportga qaytgim keldi. MMA qoidalarini o‘rganib, kuzatib bordim. Shu bilan birga 3-4 yil faqat mashq qildim. MMA aralash jang san’atlari bo‘lgani uchun kurashdan keskin farq qiladi. Men esa yoshligimda sport kurashlari bilan shug‘ullanganman. Lekin ushbu sport turida Qo‘l va oyoq harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘l harakatlarini mashhur professional bokschilarimizdan biri Bekzod Nabiev yordamida o‘zlashtirdim. Oyoqlar harakatlarini o‘rganishimda kikboksing ustasi Rashid Akalboev yordam berdi. Haligacha u bilan hamkorlikni davom ettirmoqdamiz.

– Murabbiy bo‘lib, shogirdlar tayyorlayotganingiz haqida gapirib bering...

– Hozirda murabbiylik faoliyatimni ham olib bormoqdaman. Yoshlarga asosan kikboksing sport turi sir-asrorlarini katta murabbiy sifatida o‘rgatib kelyapman. Yaqinda 100 nafardan ortiq sportchilar bilan tog‘da o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazib qaytdik. Biror joyga musobaqaga chiqadigan bo‘lsak, men o‘zim boshchiligimda ularni olib boraman. Shuningdek, MMA bo‘yicha ham shogirdlarim ko‘p. Ularni musobaqalarga puxta tayyorlash mening vazifam hisoblanadi.

– Demak, siz avval yoshlarni kikboksing sport turi bilan shug‘ullantirib, keyin MMAga o‘tkazasizmi va ular qaerda shug‘ullanishadi?

– Yo‘q! Men MMA va kikboksing bo‘yicha to‘garaklarini alohida olib boraman. Lekin ko‘pchilik kikboksing bilan shug‘ullanib, keyin MMAga o‘tadi. Bu yaxshi albatta. Sababi, MMA juda og‘ir sport turi. Ammo men hattoki mazkur yo‘nalish bo‘yicha bolalarga ham alohida mashg‘ulotlar o‘tkazaman. Ularni o‘zimning sport zalimda mashq qildiraman.

– Hozirda MMAni mamlakatimizda yanada rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak? Va professional janglarda ishtirok etadigan shogirdlaringiz haqida aytib o‘tsangiz.

– SO‘nggi ikki-uch yilda mazkur sport turi jadal rivojlandi deb ayta olaman. Avvalari biz spotchilarga ushbu sport turi bo‘yicha o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etishimiz qiyin bo‘lar edi. Hozir esa buning aksi. Aralash jang san’atlarini yanada ommalartirish uchun yurtimizda MMA federatsiyasini ochish kerak. Bu esa biz sportchilarning yanada yuksak natijalarga erishishimizga turtki bo‘ladi. MMA bo‘yicha bir qator shogirtlar bor. Ularning ichida eng ishonganim Jahongir Yorqulov va Umid Sagdulaevdir. 

7c20fe3a-6b22-4454-99b2-f915499bdb7a 0ab1cb43-110b-4fd6-928a-6e038368d786

– Samimiy suhbatingiz uchun rahmat.

– Sizlarga ham o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Eslatib o‘tamiz, Mansur hozirgacha professional janglarda 13 marta ringga  chiqib, shulardan 12 tasida g‘alaba qozongan va bir marota mag‘lubiyat alamini tortgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!