Fakt! «Qizilqum» 10 yildan buyon Qarshida g‘alaba qozona olmaydi

  • 1 oktabr, 2018, 11:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Tecno

Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 38 marta kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 22 tasida qarshiliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g‘alaba qozonishgan. 10 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 70-39. qarshilikla

Endi mazkur jamoalar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, qarshiliklar “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko‘rinishida g‘alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 3:1 ko‘rinishida.

Qarshida bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarga oid

Mazkur jamoalar Qarshida jami 18 marta o‘zaro bahslashgan. Ularning 14tasida qarshiliklar g‘alaba qozongan, bir uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi kichik 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Bu uchrashuv 2008 yili bo‘lib o‘tgan. Qolgan 3 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda jami darvozalarga 59 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida: 45-14.

Shu yilning 13 iyul kunida Qarshida o‘tgan o‘zaro uchrashuvda, jamoalar 0:0 hisobida durang o‘ynashgan. Bo‘lajak uchrashuv jamoalarning Qarshidagi 19-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

Qarshidagi so‘nggi besh uchrashuv natijasi

2018 yil. “Nasaf” - “Qizilqum” 0:0

2017 yil. “Nasaf” – “Qizilqum” 2:0

2016 yil. “Nasaf” – “Qizilqum” 2:0

2015 yil. “Nasaf” – “Qizilqum” 3:1

2014 yil. “Nasaf” – “Qizilqum” 2:0

“Qizilqum” jamoasi so‘nggi bor 2008 yili Qarshidan uch ochko bilan qaytgan. Ushbu uchrashuv 23-tur doirasida bo‘lib, 4 oktyabr kuni o‘tgan va “ma’danchi”lar kichik 1:0 hisobida zafar quchishgan. Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv, 1 oktyabr dushanba kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi «Nasaf» yoshlari  qarorgohida bo‘lib o‘tadi va soat 16:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!