Anastasiya Pavlyuchenkova chorak finalda
Rossiyalik tennischi Anastasiya Pavlyuchenkova "Australian Open" musobaqasining to‘rtinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Nastiya ushbu bosqichda amerikalik Sloan Stivensga dastlabki setda tay-brekda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, qolgan ikki setda 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Avstraliya ochiq chempionatining chorak finalida Pavlyuchenkova yana bir amerikalik tennischi Daniel Kollinzga qarshi kortga chiqadi.



Fikrlar