
Lyuis Xemilton yana chempion bo‘ldi
Abu-Dabila Formula-1 bo‘yicha Gran-pri poygalari yakunlandi
Joriy yilgi mavsumning so‘ngi bosqichi Abu-Dabidagi Yas-Marina trassasida o‘tkazildi.
Unda «Mersedes» jamoasi a’zosi Valtteri Bottas birinchi bo‘lib marraga etib keldi. Jamoadoshi Lyuis Xemilton esaikkinchi bo‘ldi. Faxrli uchinchi o‘rinni «Ferrari» poygachisi Sebastyan Fettel egalladi.
Joriy yilgi mavsumda o‘tkazilgan poygalarda Lyuis Xemilton 363 ochko to‘plab, chempionga aylangan bo‘lsa, Sebastyan Fettel 317 ochko bilan ikkinchi, Valtteri Bottas 305 ochko bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar