- 66 kg vazn toifasida 3 nafar dzyudochimiz qur’a natijasiga ko‘ra ikkinchi bosqichdan ishtirokini boshlaydi

  • 4 mart, 2021, 15:27
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

5-7 mart sanalarida Toshkentda "Katta dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tishidan xabardorsiz. Biroz avval, ushbu turnir qur’asi bo‘lib o‘tdi. - 66 kg vazn toifasidagi sportchilarimiz o‘z raqiblarini bilib oldi. 

Tecno

Dilshodbek Yo‘ldoshev ilk bahsda hindistonlik Jaslin Saini Singxga qarshi kurash olib boradi. Ushbu vazndagi qolgan 3 dzyudochimiz: Artyom Shturbanin, Muhriddin Tilovov va Sardor Nurillaev o‘z ishtiroklarini ikkinchi bosqichdan boshlaydi. 

Shturbaninni keyingi bosqichda Strainja Bunchich (Serbiya), Tilovovni Xerlen Ganbold (Mo‘g‘uliston), Nurillaevni esa qirg‘izistonlik Baibol Salamat Uulu kutib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!