
Zidanning ketishi supertransferga xalaqit qilmaydi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubdan ketishga qaror qilsa ham, “Bavariya”ni tark etgan David Alabaning transferiga ta’sir qilmaydi.
Avstriyalik universal himoyachi Zidanning ketishi uning rejalarini amalga oshirishida to‘sqinlik qilmasligini bildirdi. Chunki u “Qirollik klubi”da to‘p tepishga tayyorlanmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar kelasi haftada David Alabani o‘z o‘yinchisi sifatida tanishtirishi kutilmoqda.
Tomonlar dastlabki shartnomani aprel oyida imzolagan edi. Unga ko‘ra, 28 yoshli himoyachi yiliga 12 million evro miqdorida maosh oladi.
Fikrlar