“Siti” ham, “Liverpul” ham kerakmas, ketaman!

  • 22 sentabr, 06:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Kristal Pelas” bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan jamoa sardori Mark Gexi faoliyatini Angliya Premer-ligasidan tashqarida davom ettirishi mumkin.

Tecno

25 yoshli markaziy himoyachi yozda “Liverpul”ga o‘tishga yaqin edi. Biroq “Kristal Pelas” Gexiga munosib o‘rinbosar topa olmagani uchun o‘z etakchisini Arne Slot jamoasiga qo‘yib yubormadi.

Bu transfer amalga oshmagach, Mark Gexiga da’vogarlik qilayotgan klublar soni ortib bormoqda. Xususan, “Manchester Siti” himoyachi transferi bo‘yicha favorit sifatida e’tirof etilmoqda.

Mirror nashrining ma’lum qilishicha, Gexining rejasi o‘zgargan. Mahoratli o‘yinchi o‘zining agentlariga “Real Madrid” klubiga ko‘chib o‘tish istagi borligini va aynan mana shu yo‘nalish bo‘yicha ishlashni aytgan.

“Real” esa, zamonaviy futbolning eng yorqin iste’dodlaridan birini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritishga umuman qarshilik qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!