Zidan bor ekan bu futbolchiga maydonda joy yo‘q!

  • 6 avgust, 2020, 14:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Garet Beylning “Real”dagi kelajagi hamon so‘roq ostida turibdi. Vaziyatni kuzatib borayotgan mutaxassislar Zinedin Zidan baribir bu futbolchiga imkon bermasligini ta’kidlashmoqda. Xususan, Beyl jamoaning Chempionlar ligasida ishtirok etadigan futbolchilari ro‘yxatiga kiritilmadi.

Tecno

O‘z o‘rnida, Beyl ham qaysarlik bilan boshqa variantlarni ko‘rib chiqishdan bosh tortmoqda. Chunki o‘yini pasayib ketgan futbolchiga hech bir jamoa Madridda to‘lanayotgan maoshni berishga tayyor emas.

Joriy mavsumda futbolchi atigi 16 marta maydonga tushdi va ikkita gol urdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!