"Zenit" etakchi futbolchisini noma’lum muddatga yo‘qotdi

  • 15 oktabr, 2020, 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" klubi vingeri Malkom FIFA kunlari paytida jarohat oldi. Metaratings nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli braziliyalik futbolchining jarohati qay darajada ekani ma’lum qilinmayapti.

Tecno

Malkom 17 oktyabr kuni RPL doirasidan o‘rin olgan “Sochi”ga qarshi bahsni aniq o‘tkazib yuboradi. U 20 oktyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Bryugge" bilan bo‘ladigan o‘yinda ham ishtirok etolmasligi mumkin.

Malkom joriy mavsum “Zenit” safida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!