
"Zenit" Azmunni sotmaydi!
“Zenit” klubi bosh direktori Aleksandr Medvedev eronlik hujumchi Sardor Azmunning transferi bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmayotganini aytdi.
“Biz Azmunni sotish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmayapmiz. Uning mahorati oshib bormoqda. Bu esa uning narxi hali eng yuqori cho‘qqiga chiqmaganini anglatadi”, - deydi Medvedov.
Bundan avvalroq, Azmunga “Napoli”dan jiddiy takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar