Zabarniy: "PSJdagi debyutim kutganimdek bo‘ldi"

  • 18 avgust, 23:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Top-5 chempionatlar birin-ketin start olmoqda. Kecha tunda Liga1ning amaldagi chempioni PSJ ham birinchi o‘yinini o‘tkazdi va "Nant" ustidan Vitinyaning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng jamoaga yangi kelib qo‘shilgan himoyachi Ilya Zabarniy debyut uchrashuvdagi tassurotlari haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

"Albatta, bu erda hamma narsa boshqacha, lekin menga hammasi yoqyabdi. To‘pni nazorat qiladigan jamoada o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Men uchun debyutim o‘ylaganimdek bo‘ldi. O‘zimni ancha yaxshi his qildim. Muxlislar stadionda bo‘lgani xar doim kuch beradi va ularning butun o‘yin davomida qo‘llab-quvvatlashi sezilib turardi va tinmay qo‘shiq kuylashardi. Bu erda ekanimdan juda xursandman, jamoaning barcha a’zolari har kuni menga yordam berishiga harakat qilmoqda", - deya ta’rif berib o‘tdi ukrainalik himoyachi.

Ma’lumot uchun, parijliklar 22 yoshli futbolchini "Bornmut"dan 63 million evro evaziga sotib olgan edi. Himoyachi kechagi o‘yinda to‘liq harakat qildi va "Sofascore" tomonidan 7.3 ballga loyiq ko‘rildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!