
“Yuventus” Shomurodovning yangi ustoziga katta ketgani fosh bo‘ldi
“Atalanta”ni to‘qqiz yil boshqrgan mashhur murabbiy Jan Pero Gasperini faoliyatini Rimda davom ettiradigan bo‘lib, Klaudio Raneridan “Roma”ni qabul qilib oldi.
Tajribali mutaxassisga boshqa klublardan, xususan “Yuventus”dan ham chorlov bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Gasperiniga Turin superklubi bosh menejeri Damen Komollining takabburligi va muomalasi yoqmagan.
Jurnalist Sandro Sabatinining aytishicha, Komolli Gasperiniga qo‘ng‘iroq qilib, “Meni “Yuventus” nega aynan seni bosh murabbiy sifatida tanlashi kerakligiga ishontir”, degan.
Gasperini bu muomalaga javoban “Menga sen qo‘ng‘iroq qilding, bu aksi bo‘lgani yo‘q”, deb javob qaytargan va muloqotni to‘xtatgan.
Shundan so‘ng 67 yoshli murabbiy “Roma” taklifini qabul qildi. Gasperini rimliklar bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Endi “Roma”ning barcha futbolchilari qatori O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham yangi murabbiyga nimalarga qodirligini ko‘rsatishi talab etiladi.
Fikrlar