
“Yuventus”: Ronalduni nega oldik o‘zi?
O‘z vaqtida Turin klubini boshqargan Jovanni Kobolli Jili “Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarrini tanqid qildi.
- Menga Sarrining “Yuventus” finalda yutqazdi, degan gapi yoqmadi. Uch oy oldin jamoa “Inter”ni va kubok yarim finalida “Milan”ni enggan edi. “Napoli” bilan o‘yinda ham ustunlik turinliklarda bo‘ldi. Lekin darvozaga etarli darajada zarba berilmadi. Haligacha “Yuventus” o‘z o‘yin uslubiga ega emas.
Ronalduni nega olib kelindi?
Yulduz futbolchilar bilan ishlashni uchun so‘zi o‘tadigan murabbiy bo‘lish kerak. Sarri “Napoli”da buni uddalagan edi. “Yuventus”da esa buni eplay olmayapti, - dedi sobiq prezident.
Fikrlar