
“Yuventus” Ronalduga qaram emas!
“Yuventus” vitse-prezidenti Pavel Nedved jamoaning o‘yini Ronalduga bog‘lanib qolgani haqidagi iddaolarni rad etdi.
- Ronaldu faoliyatidagi 750-golni urdi, lekin “Yuventus” unga qarab qolmagan. Dunyoning har bir klubi Krishtianudek futbolchisi bo‘lishni orzu qiladi. Uning maydonda borligi xuddi Bonuchchi, Kellini va Buffon kabi qolganlarga ishonch bag‘ishlaydi, - dedi Nedved.
Ronaldu joriy mavsumda ettita uchrashuvda to‘qqizta gol urdi. A Seriyada portugaliyalik hujumchi maydonga tushmagan uchta uchrashuvda turinliklar g‘alaba qozona olmadi.
Fikrlar