
“Yuventus” “Roma” nishonidagi futbolchini “yo‘ldan urmoqchi”
Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belotti faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
Futbolchi hozirda erkin agent hisoblanadi. Uning so‘nggi klubi Turinning boshqa bir jamoasi "Torino" hisoblanadi. Ular hujumchining o‘z tarkibida saqlab qolishga harakat qilgan, ammo Belotti karerasida boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi.
“Tuttojuve” nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga "Yuventus"dan tashqari "Roma" ham qiziqish bildirgan. "Keksa sinora" rahbariyati Belottini Dushan Vlaxovichga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Bir necha yil oldin Andrea 100 million evroga baholangan bo‘lsa, hozirda uning narxi 20 million evroni tashkil qiladi.
Futbolchi o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar