"Yuventus" Pogba uchun kurashda "Real"ni qanday ortda qoldirmoqchi?

  • 14 yanvar, 2020, 18:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba yana “Yuventus”ga qaytishi mumkin.

Tecno

Tuttosport tarqatgan xabarga qaraganda turinliklar yozgi transferlar davrida uni sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rishmoqchi. “Yuve” frantsiyalik futbolchi evaziga Adrien Rabo yoki Paulo Dibalani “qizil iblislar”ga berishga tayyor. “Keksa sinora” shu tariqa Pogba uchun kurashda “Real”ni ortda qoldirishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Pogba “Yuventus” safida 2012-2016 yillarda to‘p surgan. Shundan so‘ng MYu uni o‘sha payt uchun rekord mablag‘ hisoblangan 105 mln evroga sotib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!