"Yuventus" Dibalani "Atletiko" futbolchisiga almashtirmoqchi

  • 26 may, 2021, 17:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala yangi mavsumni "Atletiko"da boshlashi mumkin. Bu haqda Cadena SER nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "keksa sinora" Anxel Korrea evaziga “matraschilar”ga Dibalani berishga tayyor. Biroq madridliklar ustozi Diego Simeone Korreani qo‘yib yubormoqchi emas.

"Yuventus" moliyaviy barqarorlikni saqlash uchun yiliga 7 mln evro maosh oladigan Dibala bilan xayrlashishga tayyor.

Korrea joriy mavsum “Atletiko” safida 48 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarla o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Dibala “Yuventus”da 26 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu bahslarda 5 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!