“Yuventus” befoyda yulduzdan voz kechdi

  • 26 mart, 2021, 10:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati joriy mvsumda o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayotgan lekin katta maosh oladigan futbolchilardan biri Paulo Dibalani sotib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Klub vitse-prezidenti Pavel Nedved 27 yoshli argentinalik yulduz yozda transferga qo‘yilishini tasdiqladi.

Paulo Dibala “Yuventus”ga 2015 yili “Palermo” jamoasidan o‘tgan edi. Avvaliga, turinliklar ishonchini oqlab kelgan futbolchining keyingi paytda o‘yini pasayib bormoqda. Joriy mavsumda u A Seriyada 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi xolos.

Bundan oldin, “Barselona” va “Yuventus” Antuan Grizmann va Paulo Dibalani almashtirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Frantsiyalik hujumchi shartnomasi oxirigacha Kataloniyada qolishga qaror qilganini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!