
“Yuve” sobiq o‘yinchisini so‘rab, “Barsa”ga murojaat qildi
“Yuventus” rahbariyati “Barselona”ga o‘yinchi almashishni taklif qilmoqda. Bir yil avval, turinliklar Kataloniyadan Arturni olib, o‘rniga Miralem Pyanichni jo‘natgandi.
Yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri o‘z jamoasida bosniyalik pleymeykerni ko‘rmoqchi. Shu bois, turinliklar “Barsa”dan Pyanichni berib, o‘rniga Aaron Remzini olishni so‘ramoqda.
Miralem Pyanich bir yil davomida “Barselona” o‘yiniga moslasha olmadi va klubni tark etishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Ikki yildan beri Turinda to‘p tepayotgan Remzi ham o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti.
Fikrlar