"Yunayted" yoki "Siti"?

  • 1 aprel, 2020, 19:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi "Atletiko" Madrid yarim himoyachisi Saul Nigesni tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilmoqda.

Tecno

AS nashrining yozishicha, “qizil iblislar” 25 yoshli ispaniyalik iqtidor egasi uchun “matraschilar”ga 80 mln evro to‘lashga tayyor. Biroq, Saulning shartnomasiga ko‘ra tovon puli 150 mln evroni tashkil etadi.

Bu borada “Manchester Yunayted”ga uning hamshahari “Manchester Siti” raqobat qilishi mumkin. Boisi, “shaharliklar”da ham Saulning xizmatlariga jiddiy qiziqish mavjud.

Saul Niges joriy mavsum “Atletiko” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 4 ta gol urdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!