Yovan Jokich kelishuvga erishdi

  • 14 yanvar, 2021, 20:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiyalik 29 yoshli yarim himoyachi Yovan Jokich yangi mavsumni qaerda o‘tkazishi hal bo‘ldi. Oxirgi paytlarda uning atrofida turli xabarlar tarqalgandi.

Tecno

O‘tgan yili AGMK sharafini himoya qilgan futbolchining sobiq klubi – “Lokomotiv”ga qaytishi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi. Qolaversa, uning olmaliqliklar bilan tuzgan shartnomasi ham yakunlangandi. Shu sababli Jokichning jamoadan ketishi taxmin qilingandi. Biroq yakunda bunday bo‘lib chiqmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, serbiyalik futbolchi AGMK bilan yana kelishuvga erishgan va yangi mavsumni ham Mirjalol Qosimov jamoasida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi mavsumda u AGMK safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!