
Yonimda Mbappe bo‘lsa, uch baravar ko‘p gol uramiz!
“Real” hujumchisi Karim Benzema PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan bitta klubda yonma-yon to‘p tepishni orzu qilmoqda. Bu ikki to‘purar Frantsiya terma jamoasida birga o‘ynaydi. Karim Kilianning Madridga kelishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Menga Kilian bilan terma jamoada o‘ynash juda yoqadi. Lekin klubda ham birga o‘ynashni istayman. Agar u yonimda bo‘lsa, hozirgidan ikki, balki uch baravar ko‘p gol urgan bo‘lardik, - dedi Karim Benzema.
Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlarda 38 ta uchrashuvda 28 ta to‘p kiritdi va 20 ta assistni amalga oshirdi. Karim esa 35 ta bahsda o‘z hisobiga 34 ta gol va 13 ta assis yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar