
Yoaxim Lev Shvaynshtayger borasida: Germaniya termasida uning o‘rniga doim futbolchilar topiladi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev bugun faoliyatini yakunlaginini e’lon qilgan Bastian Shvaynshtayger o‘rniga terma jamoada doim futbolchilar topilishini aytib o‘tib o‘tdi.
"Bizda uning o‘rniga doim futbolchilar topiladi. U murabbiylikda tajriba oshirishi mumkin. Bastian kelajakda nima qilishni rejalashtirayotganini bilmayman.
Shvaynshtayger faoliyatini yakunlashida nemis futboli yulduzini yo‘qotdi. Bu bizning tariximizdagi eng muhim futbolchilardan biri.
Uning faoliyatidagi bir qancha yorqin lahzalarni har birimiz eslaymiz. Ayniqsa "Marakana"da bo‘lgan 2014 yilgi finalni eslab qolamiz. Uning yuzi qonab ketgandi, ammo oxirigacha kurashgandi. G‘alaba qozonish istagi har bir harakatida bilinardi.
Men uni shunday bilaman. Doim samimiy, doim halol, doim muxlislarga ochiq," - dedi Lev.
Fikrlar