Yigitlarimizning bugungi g‘alabasi qit’a va jahon shaxmati tarixida yangi sahifa ochdi. Sababi...

  • 9 avgust, 2022, 17:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Bugun o‘zbek shaxmati tarixida yangi sahifa ochildi. Boisi Hindistonda o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tecno

E’tiborlisi, shu kunga qadar Butunjahon shaxmat olimpiadasida Osiyo qit’asida faqatgina Xitoy g‘alaba qozongan xolos. Chin yurti vakillari ushbu nomga naqd 6 marta (1998, 2000, 2002, 2004, 2016, 2018) sazovor bo‘lgan. O‘zbekiston esa bu borada qitaning ikkinchi mamlakatiga aylandi.

Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida faqatgina Rossiya (18 marta), Armaniston (3) va Ukraina (2) shaxmat olimpiadasida g‘alaba qozongan. Endi ular orasida O‘zbekiston ham bor!

Aytish kerakki, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ushbu musobaqadan oldin shaxmat olimpiadasida medal jamg‘arish reytingida 17-o‘rinni egallab turgan edi. Ammo Hindistondagi chempionlikdan so‘ng naqd 6 pog‘ona yuqorilab, 11-o‘rindan joy oldi.

E’tiborlisi, sayyoramizda 200 dan ortiq mamlakat ichida faqatgina 10 ta davlat vakillari shaxmat olimpiadasida zafar quchgan xolos. Bugun ushbu ro‘yxat yana bittaga ortdi va O‘zbekiston o‘z nomini shaxmat tarixiga yozdirib qo‘ydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
09/08/2022 18:35
Сайт администраторлари! Маълумотни тугрилаб куйинглар! Россия 18марта чемпион булмаган! СССР 18 марта чемпион булган. Кандай килиб хар 2 йилда утказиладиган мусобакада мустакил булганига энди 31 йил булган давлат 18марта чемпион булиши мумкин??? Россия 6марта чемпион булган. Хитой хам 2мартагина чемпион булган.