Yaponiyadan besh nafar, bizdan esa bir nafar futbolchi JCh saralashi ramziy jamoasida!

  • 9 sentabr, 2024, 14:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralashi Osiyo mintaqasida 1-tur uchrashuvlari yakunlandi va ikkinchi tur bahslari boshlanish arafasida. 

Taniqli "SofaScore" portali 1-turdan so‘ng o‘z talqiniga ko‘ra ramziy jamoani e’lon qildi. Unga ko‘ra, ilk turda KXDR terma jamoasiga qarshi g‘alaba golini urgan Jaloliddin Masharipov tur ramziy jamoasiga kiritildi. U koreyslarga qarshi bellashuvda 8.1 ballga loyiq ko‘rildi. 

Qayd etish kerak, birinchi tur doirasida Xitoyga qarshi bahsda 7:0 hisobida zafar quchgan yaponlardan 5 nafar futbolchi ramziy jamoaga kiritilgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!