Yaponiyada maktab o‘quvchilari Tokio-2020 uchun maxsus gul ekishmoqda

CHERY AUTO

Yaponiyada maktab o‘quvchilari kelasi yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralmpiya o‘yinlari uchun maxsus gullar ekishni boshlashdi. Ushbu gullardan musobaqalar paytida arena atrofidagi xavfsizlik zonalarida ishlatiladi.

Tecno

“Ushbu tashabbus doirasida maktab o‘quvchilari 40 mingta gul ekishadi va ular arenaga kirishdagi to‘siqlar o‘rnida foydalaniladi. Odatda xavfsizlik nuqtalaridagi to‘siqlar insonda kichik miqdorda bo‘lsa ham negativlik uyg‘otadi. Gullar esa muxlisning maydonga kirishdan avval kayfiyatini biroz bo‘lsa-da ko‘tarishiga yordam beradi”, – deyiladi tashkiliy qo‘mita vakillarining bunga bergan izohida. Shuningdek, har bir gul ichida muxlislar uchun maxsus xabar yozib qo‘yiladi va uni bemalol olib o‘qishlari mumkin. Aynan qanday mavzudagi xabar yozilishi hozircha sir tutilmoqda.

2019-06-17-tokyo-flowers-inside-01

spectator+screening+area

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari vaqtida bu gullarga biriktirilgan volontyorlar mas’ul bo‘lishadi. Musobaqa yakunlangach gullar maktab o‘quvchilari va volontyorlarga tarqatib yuboriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!