
Yangilangan WBO reytingidan 4 bokschimiz joy egalladi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) yangilangan reytingni e’lon qildi.
Undan to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi:
Olimjon Nazarov (o‘ta engil vazn toifasi - 50,8 kg) 3-o‘rindan joy oldi;
Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn toifasi - 66,6 kg) 7-o‘rinni egallab turibdi;
Isroil Madrimov (super o‘rta vazn toifasi -69,9 kg) 9-o‘ringa joylashtirildi;
Bektemir Meliqo‘ziev (super o‘rta vazn - 76,2 kg) 10-o‘ringa joylashdi.
Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar