Yangi yulduz “Barsa”dan yuz o‘girib, Madridni tanladi

  • 15 iyun, 2021, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning markaziy himoyachisi Emerik Laport Evropa chempionatidan keyin Ispaniya primerasiga qaytishga qaror qildi.

Tecno

Aslida 27 yoshli himoyachi Jerar Pike va Samyuel Umtiti o‘rniga ishonchli futbolchi qidirayotgan “Barselona”ga o‘tishi kutilayotgan edi. Biroq, keyinroq Laport Kataloniyaga bormaslikni ma’qul topgani ma’lum bo‘ldi.

El Confidencial nashrining xabar berishicha, qator klublar nishonida turgan futbolchi Madridga ko‘chib o‘tmoqchi ekan. Emerikka poytaxtning qaysi klubi – “Real” yoki “Atletiko”da o‘ynashning farqi yo‘qligi aytilmoqda.

Laport  yakunlangan mavsumda “shaharliklar” tarkibida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganidan keyin jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. Laport Angliya premer ligasida atigi 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!