Yana ikki klub Mbappedan yuz o‘girdi

  • 25 iyul, 2023, 22:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati Kilian Mbappeni sotish niyatida ekanini bildirganidan keyin Evropaning bir qator grand klublari bu transferga qiziqish bildirgandi.

Tecno

24 yoshli hujumchiga da’vogarlik qilganlar orasidan birinchi bo‘lib “Barselona” o‘z fikridan qaytgandi.  

Endi yana ikki klub – “Chelsi” va “Manchester Yunayted” Mbappe uchun kurashdan chiqqanini ma’lum qildi.

Hozircha, Mbappe uchun asosan ikki klub kurashmoqda. Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi PSJga 300 million evro badal puli taklif qilyapti. Mbappening o‘ziga bir mavsum uchun 700 million evroga yaqin maosh va’da qilingan.

Shuningdek, “Real” ham orzusidagi futbolchini olish harakatiga tushib qolgan. Mbappening o‘zi faqat “Qirollik klubi” uchun o‘ynamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!