Yana bir klub Shomurodovni so‘radi, “Roma” javob qaytardi!

  • 2 dekabr, 2022, 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Eldor Shomurodov “Roma”ning eng xaridori ko‘p futbolchisiga aylanib qoldi. Qishki transfer oynasiga ochilishiga bir oydan ko‘p vaqt borligiga qaramay, bir necha klub o‘zbek hujumchisining transfer ma’lumotlarini so‘rab, poytaxt klubiga murojaat qildi.

Tecno

Italiya futboliga ixtisoslashgan https://www.pagineromaniste.com sayti tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, “Montsa” klubi Eldor Shomurodovni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.  

2693vbg1h5su9ea2hhutuh8vc4_2022-09-18_1950340_as-roma-vs-atalanta-bc-25874

Manbaning ta’kidlashicha, Montsa shahri jamoasi o‘zbek hujumchisining transfer ma’lumotlarini so‘ragan. “Roma” rahbariyati bu klubga ham, boshqa xaridorlar oldiga qo‘ygan talabni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Shomurodov faqat uning transferini to‘liq xarid qiladigan yoki avval ijaraga olib, yozda sotib olish majburiyatini zimmasiga oladigan klubga qo‘yib yuboriladi.

 Yana bir nufuzli manba – https://www.pagineromaniste.com saytining ma’lum qilishicha, hamyurtimiz uchun “Torino” klubi oxirigacha kurashishga bel bog‘lagan. Turin klubi sport direktorti Davide Vagnati Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatni shaxsan o‘zi nazorat qilib bormoqda.

“Roma”ning yana bir futbolchisiga xaridor bor

Qishki transferlar vaqtida “Roma”dan ketishi kutilayotgan o‘yinchilardan biri Edoardo Bove bo‘lib turibdi.

Joze Mourinoning kashfiyotlaridan biri “Salernitana” klubini jiddiy qiziqtirib qo‘ygan. Futbol saytlaridan biri tuttosalernitana.com jurnalistlari klub haqiqatan italiyalik futbolchiga qiziqayotganini tasdiqladi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Salernitana” klubi sport direktori Morgan De Sanktis rimliklarning 20 yoshli futbolchisini olish uchun reja tuzib qo‘ygan.

bove_roma_esultanza

“Salernitana” rimliklardan Edoardo Boveni yarim mavsumga ijaraga berishni, shuningdek, yozda uning transferini sotib olish huquqini shartnomada ko‘rsatishni so‘ramoqchi.

Iste’dodli yarim himoyachiga Italiyaning boshqa klublaridan ham chorlov bo‘layotgani haqida xabarlar taqatilyapti.

“Roma” yana bir hujumchidan qutilishga yaqin turibdi

“Roma” asosiy tarkibiga kira olmagan Jastin Klyuyvert mavsumni Ispaniya chempionatida o‘tkazmoqda.

“Valensiya” niderlandiyalik hujumkor futbolchini bir mavsumga ijaraga olgan edi. 23 yoshli o‘yinchining harakatlari ispan klubi murabbiylariga juda ma’qul keldi.

Bu jamoani boshqarayotgan italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzo Jastinning to‘liq transfer qilinishini istayapti.

Klyuyvert yangi jamoasida o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va bitta assist qayd etdi. Uning ijara shartnomasida “Valensiya” yozda bu o‘yinchini 15 million evroga sotib olishi mumkinligi haqida band bor.

4babdb83b5aafa00d850e4ce299441bc2cc8479c

2018 yilda “Ayaks”dan 17,25 million evroga transfer qilingan futbolchi shu paytga qadar “Roma” asosiy tarkibidan joy ololmagan. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha imzolangan.

Jastin Klyuyvertning o‘zi ham faoliyatini “Valensiya”da davom ettirishga qarshi emas.

Yaponiyada gol urgan Shomurodov o‘yindan keyin o‘tkir fikr bildirdi!

Vaziyat Shomurodov istagandek emas!

Shomurodovning goli “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqardi. Endi Mourinoning munosabati o‘zgaradimi?

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!