
Yamal o‘zi uchun “Barselona” tarixidagi eng zo‘r jamoani tuzdi
“Barselona” yulduzi Lamin Yamal “Barselona” klubi tarixidagi eng zo‘r futbolchilardan tarkib topgan ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.
Lamin Yamal tuzgan tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabon:
Viktor Valdes
Himoyachilar:
Xaver Maskerano, Jerar Pike, Karles Puyol
Yarim himoyachilar:
Andres Inesta, Serxio Buskets, Xavi, Ronaldino
Hujumchilar:
Lionel Messi, Luis Suares, Neymar
Yamal yakunlangan mavsumda kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 55 marotaba maydonga tushdi. U raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga 25 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar