Yamal 112 yillik natijani takrorladi

  • 7 iyun, 10:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasining 17 yoshli hujumkor futbolchisi Lamin Yamal turli darajadagi rekordlarni yangilashda davom etmoqda.

Tecno

“Barselona”dan terma jamoaga chaqirtirilgan o‘yinchi UEFA Millatlar ligasi yarim finalida Frantsiya terma jamoasi darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, ispanlarning 5:4 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan edi.

Stats Foot statistika markazi Lamin Yamal yana bir tarixiy natijani qayd etganini ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, Yamal oxirgi 112 yil ichida 18 yoshga to‘lgunicha milliy terma jamoa safida kamida oltita gol urgan birinchi evropalik futbolchiga aylandi.

Bunday natija ko‘rsatgan oxirgi futbolchi belgiyalik Fernan Nisot edi. Bu o‘yinchi 1913 yilda o‘z mamlakati terma jamoasi safida ettinchi golini urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!