
Xushxabar! Germaniyada tennis musobaqasi o‘tkazilmoqda
Germaniyaning Xyor-Grentsxauzen shahrida koronavirus pandemiyasi sababli e’lon qilingan karantin holati yumshatilgandan so‘ng, tennis bo‘yicha "Tennis Point Exhibition Series" ko‘rgazmali turniriga start berildi.
Uzoq muddat davom etgan tanaffusdan so‘ng, tuproq qoplamali yopiq kortda o‘tayotgan mazkur musobaqada tennischilar qisqartilirgan formatda g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.
Turnirning ilk bosqichida quyidagi natijalar qayd etildi:
Bendjamin Xassan (354) - Jan-Mark Verner - 4/2, 4/2
Yan Xoinski (332) - Florian Broska - 4/3, 4/1
Yannik Ganfmann (143) - Yogannes Gertays (342) - 4/0, 4/1
Konstantin Shmits - Dastin Braun (239) - 2/4, 2/4
Ikkinchi uchrashuvlar
Yogannes Gertays - Yan Choinski - 4/2, 4/2
Dastin Braun - Jan-Mark Verner - 4/3, 4/3
Florian Broska - Konstantin Shmits - 3/4, 3/4
Yannik Ganfmann - Benjaamin Xassan - 4/2, 3/4, 4/1.
Fikrlar