
Xusanjon Karimov xalqaro turnir chempioniga aylandi
Belarusning Gomel shahrida yoshlar o‘rtasida afsonaviy charm qo‘lqop ustasi Aleksey Yukov sovrini uchun o‘tkazilgan boks musobaqasida 1 oltin va 3 kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Nufuzli turnirda Belarus bokschilaridan tashqari O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Litva, Ukraina, Qirg‘iziston hamda Moldovadan kelgan 250 nafardan ortiq charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.
Musobaqaning 60 kilogrammgacha vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Xusanjon Karimov so‘nggi belashuvini belaruslik Dimitriy Balkovga qarshi o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda vakilimiz raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan Samandar Zafarov, Mirzabek Mirzaxalilov, Komiljon Yusupov kabi bokschilarimiz turnirning kumush medali bilan taqdirlandi.
Fikrlar