
Xorvatiya - Albaniya: Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi ma’lum
"Evro-2024"ning ikkinchi turidan o‘rin olgan Xorvatiya - Albaniya uchrashuvida tomonlar durangga imzo chekdi. O‘yinda dastlab, albanlar hisobni ochgan bo‘lsa, Dalich shogirdlari ikki marotaba javob qaytardi. So‘nggi daqiqalarda esa Gyasulya imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi
Ushbu bahsning eng yaxshi futbolchisi Kramarich, deb topildi. Hujumchi 85 daqiqa maydonda harakat qilib, bitta gol urdi. Shuningdek, 4 ta muvaffaqiyatli dribling qilib, 3 ta xavfli vaziyat yaratdi.
Eslatib o‘tamiz, Xorvatiyani 3-turda Italiyaga qarshi o‘yin kutib turibdi. Jamoa hisobida esa bir ochko bor.
Fikrlar