
Xolandni oladigan superklub chiqdi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Norvegiyalik hujumchi faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishni istayapti.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, “Barselona” 24 yoshli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni mo‘ljallayapti.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya superklubi xo‘jayini Joan Laporta yana bir sensatsion transferga qo‘l urmoqchi. Ana shu maqsadda, u Erling Xolandni imkon bo‘lsa 2025 yilning yozida, agar buning ilojisi topilmasa, 2026 yilda transfer qilmoqchi.
Xoland 2022 yildan beri “Manchester Siti”dan to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi yan uch yil davom etadi. Ayni paytda klub norvegiyalik futbolchi bilan kelishuvni uzaytirishga urinyapti.
Erlingning o‘zi esa, yangi bitimga uni 120 million evroga transfer qilish imkonini beradigan maxsus bandni qo‘shtirishga urinmoqda.
Fikrlar