Xolandga to‘rtta gol kerak

  • 9 aprel, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Angliya chempionatning 27-turida “Sautgempton” darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.

Tecno

Dubl orqali norvegiyalik to‘purar joriy mavsumda Angliya Premer-ligasidagi gollari sonini 30 taga etkazib oldi.

To‘purarlar poygasida etakchilik qilayotgan 22 yoshli forvard bir mavsumda ligada eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatishi uchun unga yana to‘rtta gol etishmayapti.

Premer-liga tashkil etilganidan buyon bir mavsumda eng ko‘p gol urish “Liverpul” yulduzi Muhammad Salohga nasib qilgan. 2018 yili misrlik hujumchi raqiblar darvozasini 32 marta ishg‘ol qilgan.

Angliya chempionatlari tarixidagi mutlaq rekord 34 ta goldan iborat. Bu natijani 1993-1994 yilgi mavsumda “Nyukasl” vakili Endi Koul uddalagan. Keyingi mavsumda uning natijasini “Blekbern” a’zosi Alan Shirer uddalagan.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsum yakunlanishiga hali 11 ta tur bor. Xolanddan yangi rekord o‘rnatish uchun imkoniyat etarli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!