
Xoland Messi, Ronaldu va Mbappega “dars” berdi
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida amaldagi chempioni “Manchester Siti” Londondagi uchrashuvda “ARsenal”ga 1:5 hisobida yutqazdi.
“Shaharliklar”ning yagona goliga mualliflik qilgan Erling Xoland tarixiy natija qayd etdi.
“Arsenal” darvozasiga kiritilgan to‘p Xoland uchun klublar miqyosidagi 250-gol bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun norvegiyalik hujumchiga 313 ta uchrashuv kerak bo‘ldi xolos.
Demak, Xoland tezkor samaradorlik bo‘yicha yangi rekord sohibiga aylandi. 24 yoshli futbolchi bu natijasi orqali Lionel Messi, Kilian Mbappe va Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi.
Messi 250 ta gol urish uchun 327 ta, Mbappe 332 ta, Ronaldu esa 451 ta o‘yinda ishtirok etishiga to‘g‘ri kelgan.
Fikrlar