
Xoland aybini tan oldi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland joriy mavsum jamoa boshdan o‘tkazgan inqiroz va natijalarining pasayishi sabablarini tushuntirib o‘tdi.
- Mavsumni bo‘sh o‘tkazganimizga jamoada jarohatlanganlarning ko‘pligi kabi qator sabablarni keltirib, o‘zimizni oqlashimiz mumkin.
Lekin rostini aytganda, o‘zimiz ham yaxshi o‘ynaganimiz yo‘q. Jamoaga g‘alabalarga bo‘lgan chanqoq etishmadi.
Xususan, o‘zim ham etarli darajada zo‘r o‘ynay olmadim. Jamoaga avvalgidek yordam bermadim, - dedi 24 yoshli norvegiyalik futbolchi.
“Manchester Siti” ketma-ket to‘rt yil chempion bo‘lganidan keyin bu mavsum unvonini “Liverpul”ga boy berib qo‘ydi.
Erling Xoland joriy mavsumda barcha turnirlarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini o‘ttiz marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.
Fikrlar