
Xoland APLdagi birinchi mavsumidayoq "Manchester Siti" tarixiga kirdi
Angliya premer-ligasining 23-turining markaziy o‘yinida Londonning "Arsenal" klubi "Etihad" arenada "Manchester Siti" bilan kuch sinashdi. Chempionlik uchun favoritlar o‘yinida Gvardiola shogirdlari 1:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur uchrashuvda "shaharliklar" hujumchisi Erling Xoland dubl qayd etib , jamoasining g‘alabasiga ulkan hissa qo‘shdi.
Norvegiyalik forvard bu orqali gollari sonini 26 taga etkazib oldi va bir mavsumda urilgan gollar bo‘yicha "Manchester Siti" rekordini yangiladi. 2014/2015 yilgi mavsumda jamoaning tirik afsonasi Serxio Aguero ham 26 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Fikrlar