Xokkey. "Humo" Toshkentda irodali g‘alabani tantana qildi

  • 14 yanvar, 2023, 09:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning “Humo” xokkey klubi Qozog‘iston Pro-ligasining navbatdagi turida o‘z maydonida “Beybaris”ga qarshi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

Asosiy bo‘limlarda 4:4 hisobida durang qayd etilgach, g‘olib nomi overtaymlarda aniqlandi. Unda esa "qanotlilar" iroda ko‘rsatishdi va g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirib olishning imkonini topishdi. Yakuniy hisob - 5:4 "Humo" foydasiga!

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Humo" o‘z hisobidagi ochkolar sonini 50 taga etkazib oldi va musobaqa jadvalidagi 3-o‘rnini yanada mustahkamlab oldi. “Beybaris” esa 44 ochko bilan 6-o‘ringa tushib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, "Humo" dastlabki o‘yinda "Beybaris"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!