Xokkey. "Humo" Qozog‘iston Kubogidagi yurishini to‘xtatdi

  • 30 avgust, 2022, 12:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston Kubogida ishtirok etgan "Humo" klubi guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinni o‘tkazdi.

Tecno

"Kulager" jamoasiga qarshi kechgan bellashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.

Dastlab, vakillarimiz Legalinning faol harakati evaziga hisobni ochdi, Zakarlyukin muvozanatni tikladi. Dorofeev kiritgan shaybaga Startsev javob qaytardi. Uchrashuv yakuniga yaqin Lizin "Kulager"ga g‘alaba keltirgan shaybaga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari kubokdagi yurishini erta yakunladi. E’tirof etish joiz, "qanotlilar" har bir o‘yinda ochko olishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!