Xo Shi Mindan ajoyib g‘alabalar yohud Olim Nazarov “WBO international Flyweight Title” kamari soxibi

  • 28 avgust, 2019, 21:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 25 avgust kuni Vetnamning Xo Shi Min shahrida tashkil etilgan professional boks oqshomida bir qator hamyurtlarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazishdi. Quvonarlisi, barchasi raqiblarini mag‘lubiyatga uchrata oldi. Ravshanbek Shermatov xitoylik Zu Bingcheng ustidan olti raundlik jangda ochkolar hisobida ustun kelgan bo‘lsa, yana bir yurtdoshimiz Shohrux Ashurov ham janubiy koreyalik Jung San Kangni 6 raundlik reyting jangida to‘la to‘kis mag‘lub etdi. Eng asosiysi tajribali Olim Nazarov filippinlik Ivan Sorianoga qarshi “WBO international Flyweight Title” kamari uchun kechgan 12 raundlik qarama-qarshilikda ajoyib harakatlari bilan raqibi ustidan ochkolar hisobiga zafar quchdi va mazkur kamar soxibiga aylandi.

Tecno

photo_2019-08-27_10-36-08

Eslatib o‘tamiz: Ushbu bokschilarimiz Janubiy Koreyaning Cocky Buffalo promouterlik klubi safida yosh iste’dodli murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borishmoqda.

photo_2019-08-25_23-09-55

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!