
Xitoylik gigantdan super nokaut yoxud Joys uchun "dahshatli" tush... (Video)
Buyuk Britaniyaning Wembley arenasida o‘ziga xos professional boks kechasi tashkil etilishi va uning markaziy jangida britan Jo Joys (15-2,14 KO) va xitoylik Chjan Chjiley revansh jangini o‘tkazishi xaqida xabar bergan edik.
Mazkur jang oqshomi qiziqarli va kutilmgan natijalarga boy bo‘ldi. Qizig‘i, Chjileyning 1-jangidagi g‘alabasi tasodifga yo‘yilib, Joys revanshda qiyinchiliksiz g‘alaba qozonadi, degan fikrlar va qarashlar o‘zini oqlamadi. Sababi, Chjiley uchun Joys shunchaki qulay raqib ekanligi oydinlashdi. 3-raund o‘tayotgan bir pallada Chijileyning kombinatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi va Joys nokautga uchradi. Shu tariqa 40 yoshli Chjiley o‘zining faoliyatidagi 25-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Uning hisobida 1 ta mag‘lubiyat va bir durang ham bor.
Fikrlar